Ayni kunlarda aksariyat aholi epidemiologik vaziyatdan yaxşi xabardor va uyida qolmoqda. Mahalla xodimlari esa eşik taqillatib kelib muloqotga çorlayapti, «uyda qoling, birov bilan muloqot qilmang», deb yozilgan bukletni beryapti. Avvalroq u qançadan-qança xonadonlarning eşigini taqillatgan…

Avvaliga tahririyatimizga Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi mahallalarda MFY xodimlari uyma-uy yurib, aholiga koronavirus böyiça tuşunça berayotgani töğrisida xabar kelib tuşdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatarkanmiz, bu holat bir yoki ikki tumanda emas, respublika böyiça juda köplab hududlarda davom etayotganiga guvoh böldik. Aytaylik, Jizzax viloyat mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasining «Feysbuk»dagi sahifasida bir neça taşkilot vakillaridan iborat butun boşli jamoaning uyma-uy kirib tarğibot ötkazayotgani xabar qilingan:

Heç qança ötmay Urgut tumani hokimligi rasmiy kanalida ham bu haqda axborot berilib, tumandagi yuzdan ortiq mahallalar buklet tarqatayotganini ma'lum qildi. Qiziği, uşbu bukletning nomi «Koronavirus tarqalişining oldini olişning eng muhim şarti karantin qoidalariga qat'iy va istisnolarsiz rioya etiş». 

Qaşqadaryo viloyat mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi kanalida esa xonadonlarda tarğibot işlarini ötkaziş borasida deyarli barça tumanlar ma'lumot bergan.