Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanişi mumkinligi belgilandi.
Şunga köra, Toşkent şahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10 mingdan ortiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilindi.
Hozirga paytgaça 1 kun içida tezkor ravişda 5500ta ruxsatnoma rasmiylaştirildi.
Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga köplab fuqarolar taşrifi kuzatildi.
Bu hol karantin talablarining buzilişiga, köplab fuqarolarning bir vaqtning özida bir joyda töplanişiga sabab böldi. Bundan taşqari, aynan şu masalada fuqarolar tomonidan köplab murojaatlar böldi.
Şuning uçun amaldagi tartibni takomillaştirib, respublikada avtotransport harakati bilan boğliq kelib tuşgan takliflarni e'tiborga olib, yangi tartib işlab çiqildi.
Endilikda avtotransport vositalarini boşqariş uçun beriladigan ruxsatnoma (stiker) uçun arizani masofadan turib, ya'ni onlayn tarzda topşirilişi böyiça tizim joriy etildi.
Unga köra, maxsus ruxsatnomani beriş bepul amalga oşiriladi.
Buning uçun onlayn şaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sörovnoma töldirilişi lozim.
Tartibga köra, quyidagi turdagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma beriladi:
- birinçi, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot buyumlarini işlab çiqaruvçi va realizatsiya qiluvçi tadbirkorlar va u yerda işlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uçun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi;
- ikkinçi, umumiy ovqatlaniş korxonalarining yetkazib beriş xizmatini (kurer va «dostavka») körsatayotgan avtotransport vositalari, şuningdek, mazkur korxonalarda doimiy işlovçi xodimlarning şaxsiy avtotransportiga;



















