Bundan maqsad keksa yoşdagi fuqarolarni ehtiyotlaş hisoblanadi.
«Koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş fonida köplab yurtdoşlarimiz va qator jamoat taşkilotlari şaxsiy taşabbus körsatib, turli xayriya aksiyalarini uyuştirmoqda. Ehtiyojmand oilalar, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining boşqa yordamga muhtoj qatlamiga muayyan turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Jamiyatning birdamligi ortib, fuqarolarning bir-biriga mehr-oqibat va muruvvat körsatayotgani quvonarli hol.
Lekin mutaxassislarning fikriga köra, bu turdagi aksiyalar davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqaliş xavfi juda yuqori. Bundan taşqari, butun dunyo böyiça uşbu infeksiyani yuqtirib vafot etayotganlar orasida asosan yoşi uluğ insonlar köpçilikni taşkil etadi.
Mamlakatdagi epidemiologik holatni inobatga olib aytiş mumkinki, sanitariya-gigiyena qoidalari va karantin talablarini çetlab ötib, yakka tartibda xayriya tadbirlarini amalga oşiriş aholi, ayniqsa nuroniylar hayotini jiddiy xavf ostiga qöyadi.
Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aksiyalarini joriy yilning 1 aprelidan e'tiboran vaqtinça töxtatiş maqsadga muvofiqdir», deyiladi komissiya axborotida.
Endilikda xayriya yordamlari muvofiqlaştiriladi.
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi qoşida Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi taşkil etildi. Respublika maxsus komissiyasi axborotida qayd etilişiça, ehtiyojmand kişilarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilişida kömaklaşiş uçun bunday tadbirlar quyidagi markazlaşgan tartibda amalga oşiriladi:
- Toşkent şahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi «Özekspomarkaz» Milliy körgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda taşkil etiladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri hamda viloyatlar markazlarida şunday mexanizm joriy etiladi;
- Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining hududiy bölimlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining boşqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma'lumotni hududiy tegişliligi böyiça Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga taqdim etadi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning beğaraz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi körikdan ötkazilib, karantin talablariga qa'tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim boş va şaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;


















