Koronavirus normal hayot tarzini umuman özgartirib yubordi. Köpçilikni bu qaçon tugaşi haqidagi savolning javobi qiziqtirmoqda. Epidemiologlar vaziyat quyidagi tört ssenariydan biri böyiça davom etadi deya hisoblaşmoqda. The Atlantic ana şu ssenariylar haqida ma'lumot berdi.

MARIA LITWA / LAIF / REDUX

1-ssenariy. Bir oydan ikki oygaça

Mutaxassislar bu variant sodir böliş ehtimolini past deb hisoblaşmoqda.

«Koronavirus «kutilmagan ravişda jiddiy patogen bölmasa» ijtimoiy masofalaniş hisobiga muammoni bir-ikki oy içida yengiş mumkin.

Hozirda zararlanganlarning hammasi ilgari biz kuzatgan bemorlardan farq qiladi. Ularning kasalligi yengil ötmoqda va asta-sekin immunitet orttirilayotganini tuşunyapmiz», deydi Harvard maktabi epidemologiya professori Uilyam Henej.

Vaziyatning tezda yaxşilanişi borasidagi boşqa yöl u qadar ijobiy emas. Irnvayndagi Kaliforniya universitetining jamoat soğliğini saqlaş professori Endryu Noymerning fikriça, ijtimoiy masofalaniş jarayonining kuçsiz tarzda keçişi bir neça oylarda koronavirusning keskin avj olişiga olib kelişi mumkin

«Natijada soğliqni saqlaş tizimi inqirozga yuz tutadi va juda köp odamning ölimiga sabab böladi. Biroq zararlanganlarning köpçiligi tuzaladi. Natijada odamlarning köp qismi, hatto Yer aholisining hammasi immunitetga ega böladi», deydi u.

Uşbu vaziyatning har ikkisiga köra ham bir neça oydan keyin hayot odatiy tarziga qaytişi mumkin. Biroq bunday bölmasa ham bahor faslining oxiriga borib ekspertlar koronavirus haqida köproq ma'lumotga ega böladi. Eng avvalo, ular yuqtiriş holatlarining ilk oqimi oqibatlarini baholay olişadi. Natijada koronavirusga qarşi kuraşiş samaradorligi ortadi.

Henej hozirda bu ma'lumotlar mavjud emasligini tuşuntirmoqda. Çunki virusni yaqinda yuqtirgan kişilar uçun odatda bir neça haftalik intensiv davolaş talab etilmaydi. Şuningdek, bir yoki ikki oydan keyin mutaxassislar tuzalganlar infeksiyaga qarşi immunitetga ega bölişi va u qança vaqt amal qilişini yaxşiroq tuşunadilar. Bu ma'lumotlar esa koronavirusning oldini olişda asqotadi.