OTBning Toşkentdagi ofisidan Kun.uz`ga ma'lum qilişlariça, muassasa Özbekistonda 2020 yilda yalpi içki mahsulot 4,7 foizga ösişi, ya'ni oldingi yilgi 5,6 foizga nisbatan pastroq bölişini prognoz qilgan.
Şu bilan birga, prognozga köra, 2021 yilda islohotlar natijasida qişloq xöjaligi, sanoat va xizmatlar sohalarida keskin ösiş yuz beradi va bu öz navbatida YaIM ösiş darajasining yana 5,8%ga kötarilişiga olib keladi.
«Biz pandemiya ta'sirining töliq kölamini hali bilmaymiz, biroq Özbekiston hukumati özining islohotlar dasturini qöllab-quvvatlaşga va iqtisodiyotning tiklanişi uçun zarur bölgan vaqtni qisqartirişga qaratilgan muhim çoralarni körmoqda», deydi OTBning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malviçini.
Ta'kidlanişiça, Özbekistonga kirib keladigan investitsiyalar 2020-2021 yillarda iqtisodiy ösişning asosiy omili bölib xizmat qilişi kutilmoqda.
«Bu esa şahar infratuzilmasini va işlab çiqariş obektlarini rivojlantirişga qaratilgan davlat boşçiligidagi investitsiyalarning takomillaşişi natijasi böladi.
Rossiya Federatsiyasida valuta qadrsizlanişi pul ötkazmalariga salbiy ta'sir körsatganiga qaramay, iş haqining vaqti-vaqti bilan oşib borişi va inflatsiyaning pasayişi xususiy iste'molga ijobiy ta'sir qilişi kutilmoqda», – deyiladi OTB hisobotida.
Özbekiston Markaziy banki inflyatsion targetlaş natijasida inflatsiya 2020 yilda 13 foizga va 2021 yilda 10 foizga pasayişini prognoz qilgan. Natijada, OTB prognozlariga köra, fiskal siyosat qat'iylaşadi va siyosatga asoslangan kredit islohotlarining olib borilişi kreditlar ösişini ikki barobarga pasaytiradi.
«Biroq elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarining reja asosida kötarilişi, şuningdek, qişloq xöjaligida narxlarning tartibga solinişining bekor qilinişi inflyatsion bosimlarning hosil bölişiga hissa qöşadi.
Joriy hisobvaraq kamomadi bu yil 4,0 foizgaça va 2021 yilda 3,5 foizgaça yanada kamayişi kutilmoqda. Tabiiy gaz va mis eksporti 2020 yilda pasayişi kutilar ekan, bularning örni














