Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi
Nyu-York shahrining Bruklin tumanida joriy haftada ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi. Biri erkak, biri ayol bo‘lgan marhumlarning yoshi 50-60 orasida.

«Amerika ovozi» xabar berishicha, ular Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda.
Marhum erkak Nyu-Jyersi shtatida koronavirusdan jon berganlar bo‘yicha qoidalar asosida dafn etilgan. Janoza o‘qilgan, lekin boshqa urf-an'analar chetlab o‘tilgan.
Ma'lum qilinishicha, 6-7 yildan buyon AQShda o‘z oilasi bilan doimiy yashab kelgan fuqaro qand kasalligidan qiynalgan. Ustachilik bilan shug‘ullangan 51 yoshli erkak mart oyi o‘rtalarida shamollab kasalxonaga tushgandi. Pnevmoniya uning holatini yanada og‘irlashtirgan.
3 aprel kuni esa Bruklindagi kasalxonalardan birida joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning yaqinlari u Covid-19’dan vafot etganini tasdiqlagan. Yoshi 60dan oshgan ayol 9 yildan buyon AQShda doimiy yashab kelgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda koronavirus tarqalishining AQShdagi o‘chog‘iga aylangan Nyu-York shahrida o‘n minglab o‘zbekistonliklar yashaydi. Koronavirusdan zararlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Xususan, bemorlar orasida homilador ayollar, qolaversa, yoshlar va keksalar bor. Kasalxonalarda joy yetishmagani bois va ahvoliga qarab, shifokorlar muayyan talablar bilan ba'zilarni uyiga jo‘natmoqda.
«O‘zbekiston fuqorolari orasida virusdan o‘lim hollari yuz berganida va umuman fuqarolar hozirgi favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsulligi bilan bog‘lanishi tavsiya qilinadi. Vakolatxonalar har jihatdan ko‘mak ko‘rsata olmasligi mumkin, lekin elchixona va konsullik hujjatlar va boshqa zaruratlar borasida ko‘maklashishga tayyor ekanini eslatib turibdi», deyiladi xabarda.
- Ma'lumot uchun, AQShda 4 aprel kuni rekord darajada o‘lim qayd etildi - yana 1331 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi. Mamlakatda jami zararlanish holatlari soni 311 mingdan oshgan, jami o‘limlar soni 8,4 mingdan oshgan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni 1,2 milliondan oshdi, shundan 65 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan, 246 mingdan ortiq kishi tuzalgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025