Özbekistonda 4 aprel soat 18:00 dan boşlab avtomobillar harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnomalar oliş böyiça arizalar qabuli vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi. Arizalarni qabul qiliş 6 aprel kuni 18:00dan boşlanadi.

Ma'lumot berilişiça, 4 aprel soat 17:00 holatiga markazlarga 165 619 ta ariza kelib tuşgan, ulardan Özbekiston böyiça 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ta ariza oluvçilarning özlari tomonidan qaytarib olingan.
Hozirgi vaqtda 60 832 arizani körib çiqiş jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni söragan.

















