Muhriddin loyihaga yöllagan maktubida uyda ta'lim olayotgan köp yoşlar duç kelayotgan muammo haqida söz yuritgan.

«Men ayni paytda karantinni uyda – Samarqand viloyati, Jomboy tumanida oilam davrasida ötkazyapman.

Oilada mendan taşqari yana bir talaba bor: ukam hozir institutning 5-bosqiç talabasi. Singlim esa maktabda öqiydi. Onam maktabda dars beradi.

Körib turganingizdek, hammamizning iş va öqiş faoliyatimizga hozir internet juda kerak. Onam öquvçilariga onlayn dars ötişi, biz esa onlayn ta'lim olişimiz kerak. Hozir universitetlar tomonidan masofaviy ta'lim yölga qöyilgan.

Tuman markazida yaşasak ham, uyimizda mobil internet deyarli işlamayapti.

Onam messenjer orqali zörğa dars ötyapti. Bizga esa institut bilan boğlanişga, videodarslarni körişga internet tezligi yöl qöymaydi.

«Videodarslarni özlaştirişga internet tezligi yöl bermayapti» – talabadan maktub 👉 https://kun.uz/83471955

Posted by

Kun.uz

on Monday, April 6, 2020

Uyga Wi-Fi örnatiş haqida «Uztelecom» AJning Jomboy tuman filialiga ariza berganmiz. Yaqinda Wi-Fi örnatib berişga va'da berişdi, lekin aytilgan vaqtida ulab berişgani yöq.

Aslida Wi-Fi örnatib oliş orqali muammomni hal qilib, bu mavzuda yozmoqçi emas edim. Lekin hozir internet muammosi faqat menga aloqador emasligini, tumanda qança talabalar borligini va agar tuman markazida mobil internet deyarli işlamayotgan bölsa, markazda joylaşmagan mahallalarda ahvol bundan ham yomonligini öylab, yozişga qaror qildim.

Internetning tezligi qay ahvolda ekanini men yuborayotgan video orqali bilib olişingiz mumkin», – deya yozib yuborgan Muhriddin Bahriddinov.

Eslatib ötamiz, #uydatalimolyapman loyihasida turli resurslar orqali mustaqil ta'lim olayotgan öquvçi va talabalar haqida hikoya qilib boriladi.