«Darsdagi xatomizni öqituvçi keçiradi, lekin virus ayab ötirmaydi» – #uydatalimolyapman loyihasiga maktub 👉 https://kun.uz/47782718
Posted by
on Wednesday, April 8, 2020
«Men ixtisoslaşgan közi ojizlar maktabida tahsil olaman. Dadam ham mana şu maktabda matematika fanidan darc beradi. U öquvçilarini mantiqiy va keng fikrlaşga örgatadi.
Masalan, 4+4:4=? topşiriğini olaylik. Köpçilik şoşilib javobni 2 deb öylaydi. Lekin, aslida, natija 5ga teng.
Matematikada misol notöğri işlansa, öqituvçi öquvçisining xatosini töğrilab, unga töğri yöl körsatadi. Lekin hozirgi vaziyatda davlatimiz tatbiq etgan qoidalarga rioya qilmasak, virus heç kimni ayab ötirmaydi.
Ayni paytda uyda ötirgan holda turli maşğulotlar bilan bandman. Men közi ojiz qizlar örtasida şaşka böyiça Özbekiston çempioni va Osiyo sovrindori bölganman. Karantin davrida şaşka bilan mustaqil şuğullanyapman. Menga dadam ham yordam bermoqda.
Közi ojizlar uçun işlangan alohida şaşkalar bor, unda oq va qora donalar bir-biridan ajralib turadi. Qöl bilan uşlaganda siljib ketmasligi uçun donalari maxsus çuqurçalarda joylaşgan böladi.
Men hammadan karantin davrida uyda bölişlarini söragan bölardim. Şuningdek, mana şu oğir vaziyatda ham işlayotgan kasb egalariga hurmatim baland», – deydi Sadoqat Tölaboyeva.
«Videodarslarni özlaştirişga internet tezligi yöl bermayapti» – talabadan maktub
Eslatib ötamiz, #uydatalimolyapman loyihasida turli resurslar orqali mustaqil ta'lim olayotgan öquvçi va talabalar haqida hikoya qilib boriladi.
Agar siz ham öz dars tartibingizni işlab çiqqan bölsangiz, bu haqda bizga Telegram`dagi

















