Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyeva va nabirasi Nurali Aliyev Britaniya milliy kriminal agentligi (NCA) bilan “asoslanmagan boylik” böyiça sudni yutib çiqqan. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi. 

Qirollik oliy sudi Dariğa Nazarboyeva va Nurali Aliyevni aybsiz deb topgan. Ularga nopok topilgan pullarga olingan 80 mln funt sterlinglik (100 mln dollar) köçmas mulkka egalik qiliş ayblovi qöyilgandi. Ta'kidlanişiça, NCA sudning bu qarori ustidan şikoyat qilmoqçi.

Sudya Nazarboyevlarni köçmas mulk uçun pul tölay oladigan darajada badavlat deb ta'kidlab ötgan. Şuningdek, ular oxirgi yillarda Dariğa Nazarboyevaning sobiq turmuş örtoği, 2015 yilda vafot etgan Rohat Aliyev bilan deyarli muloqot qilmaganlari örnatilgan. NCA tergovçilari taxminiça, köçmas mulk Aliyevning jinoiy faoliyatidan olingan pullarga xarid qilingan.

11 mart kuni Nazarboyevlarga tegişli Londondagi uçta köçmas mulkka - Bişops-avenyudagi 39 mln funt sterlinglik uyga, Çelsidagi 32 mln funt sterlinglik kvartiraga va Xaygeytdagi 9 mln funt sterlinglik uyga taqiq qöyilgandi.