Bu haqda Markaziy bankning Jamoatçilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori örinbosari Akmal Nazarov 11 aprel kuni AOKAda bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.

“Ijtimoiy tarmoqda ayrim fuqarolar tomonidan bankomatlarga “Bankomat işlamaydi” yoki “Karantin” degan yozuvlarni yopiştirib ketilayotgani haqida gap-sözlar tarqalgan. Biroq Markaziy bankning rasmiy kommunikatsiya kanallariga bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan bankomatlarga “Bankomat işlamaydi” yoki “Karantin” degan yozuvli qoğozlarni yopiştiriş holatlari haqida xabarlar kelib tuşmagan.

Kelgusida bu kabi holatlar yuzaga kelgan taqdirda bankomatlarga xizmat körsatuvçi banklar yoki Markaziy bankning yagona işonç telefoni – 71-200-00-44 raqami orqali murojaat qiliş mumkin.

Şu örinda fuqarolarga ma'lum qilamiz: hozirgi kunda respublikaning barça hududlarida (Humo va Uzcard) tölov tizimlarining jami 5 100 dona bankomatlari bank infratuzilmalari va aholi gavjum bölgan joylarga örnatilgan. Mazkur bankomatlarning uzluksiz iş faoliyati hamda doimiy naqd pul mablağlari bilan ta'minlanişi muntazam nazoratga olingan.

Öz navbatida, fuqarolardan bankomatlar orqali naqd pul mablağlarini olişlari uçun oraliq masofani saqlaş, bankomatlarga zarar yetkazmagan holda foydalaniş hamda keng aholi manfaatlarini öylab, bankomatlarga turli asossiz yozuvli qoğozlarni yopiştirmasliklari sörab qolinadi” deya Akmal Nazarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Markaziy bank vakili naqd pul özida virusni saqlaş xususiyatiga egaligi bois, undan imkon qadar kamroq foydalanişni, xaridlarni plastik kartalar yordamida amalga oşirişni, şunda ham plastik kartani tez-tez dezinfeksiya qilib turişni tavsiya etdi.