Xususiy bandlik agentligi bilan şartnoma tuzgan fuqarolar istalgan holatda tölagan pulini qaytarib oliş huquqiga ega. Agar agentlik vakili şartnomada körsatilgan şartlarni bajarişdan boş torsa yoki pulni qaytarib bermasa, fuqaro Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiliş mumkin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Şahnoza Ravşanova AOKAda ötkazilgan brifingda pandemiya davrida xususiy bandlik agentligi bilan şartnoma tuzgan fuqarolar pullarini qaytarib oliş imkoniga egaligi haqida ma'lumot berdi.

«Xususiy bandlik agentligi bilan şartnoma tuzgan fuqarolar istalgan holatda tölagan pulini qaytarib oliş huquqiga ega. Dastavval, fuqaro xususiy bandlik agentligi bilan imzolangan şartnomani qayta öqib çiqişi zarur», deya ta'kidladi Şahnoza Ravşanova.

Vazirlik vakilining qayd etişiça, şartnomada fors-major holatlarida XBA va mijoz örtasidagi munosabatlar qay tarzda tartibga solinişi körsatilgan böladi. Agar şartnomada bunday band bölmasa, XBA vakili bilan kelişib, tölagan mablağni qaytarib oliş mumkin.

Biroq karantin va çeklov tadbirlari sabab şahar böylab harakat çeklangani, ayrim korxona va taşkilotlar faoliyati qisman töxtatilgani tufayli pulni qaytarişda qiyinçiliklar yuzaga kelişi ham mumkin.

Bundan taşqari, agar xususiy bandlik agentligi vakili şartnomada körsatilgan şartlarni bajarişdan boş torsa yoki pulni qaytarib bermasa, fuqaro Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişi mumkinligi aytib ötildi.

«Karantin va çeklov tadbirlari sabab xorijiy davlatlar elçixonalari, konsullik bölimlari vaqtinçalik fuqarolarni qabul qilmayapti.

Biroq ayrim holatlarda  işçilarning çet elda mehnat faoliyatini amalga oşirişi uçun hatto taklifnomalar ham kelganiga guvoh bölyapmiz. Lekin bugungi vaziyat sabab barça jarayonlar töxtagan. Şularni inobatga olgan holda, fuqarolarga iş takliflari böyiça biror qaror qabul qilişda karantin tugaşini kutişni maslahat beramiz», deya Şahnoza Ravşanovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.