Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Shuningdek, Mamirjon G‘aniyev va Sarvar Mamayusupov qo‘mondon o‘rinbosarlari etib tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berishicha, polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bekmurod Abdullayev 2019 yil noyabrida polkovnik Baxtiyor Pormonov o‘rniga Ichki ishlar vazirligining Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Shuningdek, polkovnik Mamirjon Jamoliddinovich G‘aniyev Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Mamirjon G‘aniyev shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi apparatida sektor mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Polkovnik Sarvar Dehqonboyevich Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. U muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimini egalladi.
Mavzuga oid
10:25 / 01.07.2026
Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
15:23 / 28.01.2026