Vazirlik matbuot xizmati xabar berişiça, içki işlar vazirining yana bir örinbosari almaşgan.
Polkovnik Ayubxon Toşxöjayeviç Rahmatullayev - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari-moliya va moddiy texnika ta'minoti boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan.

Ayubxon Rahmatullayev yangi lavozimda Rustam Maşrabjonoviç Ergaşev örnini egalladi. U 2018 yil iyunidan buyon Farğona viloyati IIB boşliğining örinbosari – Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat körsatayotgandi.
Vazirlikdagi «tozalaş» doirasida 2019 yil yanvaridan buyon Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlaş Boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan polkovnik Baxtiyor Pölotoviç Pormonov işdan olinib, uning örniga polkovnik Bekmurod Tojimirzayeviç Abdullayev tayinlandi.

Bekmurod Abdullayev 2016-2018 yillarda Toşkent şahar IIBB huzuridagi qöriqlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2018 yil oktyabridan buyon Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliğining örinbosari — moliya va moddiy texnika-ta'minoti boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça sobiq örinbosari general-mayor Azizbek Isroiloviç Ikromov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangani
















