Nyu-York meri Bill de Blazio kasalxonaga yotqizilgan bemorlar va koronavirusga çalinişlar soni kamayganligini ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, 11 aprel kuni Nyu-York kasalxonalariga koronavirusga gumon qilinib 383 kişi yotqizilgan. 

"Bundan bir kun oldin ularning soni 463ta edi – bu sezilarli yaxşilaniş, töğri yönalişdagi qadam", - dedi de Blazio.

Blazioning aytişiça, intensiv davolaş bölimlaridagi bemorlar soni 11 aprel holatiga 835 nafarni taşkil etgan, 10 aprel kuni ular 857 nafar bölgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Nyu-York ştatida koronavirusga çalinganlar soni 180 mingdan ortiq bölib, birgina Nyu-York şahrida 7 mingga yaqin kişi vafot etgan.