Şu bilan birga, karantin davrida hukumatning ikkita iqtisodiy kömak paketi taniştirildi.
Boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov Kun.uz'ga bergan intervyusida hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki pandemiya ortidan paydo bölgan inqirozni yengib ötiş, uning oqibatlarini yumşatiş haqida fikr va mulohazalarini bildirdi.
«Men ham şu mamlakat fuqarosiman, oilam bor. Men ham karantinning falon sanada tugab, hamma köçaga çiqişini istayman. Lekin pandemiyani tuşuniş, uning içki harakatlantiruvçi kuçini biliş qiyin bölyapti. U birdan falon sanada töxtamaydi. Hayotning avvalgi iziga tuşib ketişi haqida gapirsak, öylaymanki, bu bosqiçma-bosqiç amalga oşadi. Bu jarayon şaharlar, hududlar böyiça farqlanişi mumkin.
Misol uçun, prezidentimiz talab qöyyapti: karantin talablarini «temir intizom» kabi bajariş lozim. Şu bilan birga imkon doirasida, işlab çiqariş yo qurilişni davom ettiriş masalasi bor. Ya'ni, texnologik jarayonlarni töxtatib qöyiş mumkin bölmagan, jumladan, elektr energiya işlab çiqariş, suv yetkazib beriş sohalari faoliyati töxtab qolmasligi kerak.

Yana şunday korxonalar borki, işçilar bir-biriga yaqin işlamaydi. Xodimlar uçun yotoq hozirlab, sanitariya talablari asosida iş taşkil etiş imkoniyati mavjud korxonalar ham bor.
Mening fikrimça, qöpol qilib aytganda, xizmat körsatiş sohasi sönggi örinlarda qayta jonlanadi. Xalqaro aloqalar, turizm, havo almaşinuvi masalasi ham keçroq qayta yölga qöyiladi. Bu ham taşqi omillarga boğliq: qaysidir davlat ertaroq hamma masalalarni hal qilişi mumkin. Baribir, mening fikrimça, turizm va xalqaro aloqalar faoliyati qayta tiklanişi eng quyi örinlarda turibdi», deya qayd etdi u.
Qöçqorovning aytişiça, karantin davrida oziq-ovqat işlab çiqarişi va qişloq xöjaligida işlar töxtamadi. Şuningdek, birinçilardan bölib, quriliş sohasi öz faoliyatini qayta tiklaşga nomzod bölib turibdi.
«Xususiy sarmoyadorlarga aytyapmizki, agar talablarni bajarsa, faoliyatini qayta tiklaşi mumkin. Talablar qanday? Işçilar uyga qaytmaydi, yotoq taşkil etib, tibbiy nazoratga olinadi va sanitariya qoidalariga rioya qilinadi», deydi Boş vazir örinbosari.


















