14 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligi tarmoqlarini yanada rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda parrandaçilik tarmoğida aholi bilan kooperatsiyani rivojlantiriş kerakligi ta'kidlangan.

«Kooperatsiya asosida xonadonlarda parranda boqiş tajribasi keng joriy etiladi. Bunda parrandaçilik korxonasi xonadonga uç kunlik jöjalarni tarqatib, ozuqasini yetkazib beradi. Qirq kundan keyin kooperatsiyaning özi göştni markazlaşgan holda sotib oladi.

Ma'lumki, baliqçilik uçun ham barça huquqiy-taşkiliy asoslar yaratilgan. Ötgan yili yurtimizda 200 ming tonna baliq yetiştirilgan.

Bugungi kunda 38 ming gektar sun'iy suv havzalarining atigi 0,6 foizida intensiv baliqçilik taşkil etilgan. Qolaversa, ularda hosildorlik darajasi pastligiça qolmoqda.

Yiğilişda bu yil baliq yetiştirişni kamida 350 ming tonnaga yetkaziş, sun'iy havzalardan foydalaniş samaradorligini oşirib, baliqçilik xöjaliklari va qayta işlaş korxonalari taşkil qiliş böyiça qator topşiriqlar berildi.

Asalçilik tarmoğiga e'tibor qaratilar ekan, bu yil işlab çiqariş hajmini 5 barobarga köpaytiriş, örmon xöjaliklaridagi imkoniyatlarni töla işga soliş muhimligi ta'kidlandi. Aholiga asalari uyalari tarqatib, ulardan mahsulot sotib oladigan asalariçilik klasterlari taşkil qiliş böyiça vazifalar belgilandi.

Qişloq aholisini uy şaroitida iş bilan ta'minlaydigan rezervlardan biri – ipakçilik sohasi. Joriy yilda 382 ming quti ipak qurti boqilişini inobatga olsak, bu kamida 750 ming odamni iş bilan band qiliş degani.

«Özbekipaksanoat» uyuşmasi va Mehnat vazirligiga bu boradagi işlarni samarali taşkil etiş, yaxşi hosil olgan xonadonlarga qöşimça mablağlar ajratiş topşirildi.