«Bu masala 10 kun oldin muhokama qilina boşlangan. Ma'lumki, maxsus komissiya qaroriga binoan Toşkent şahri, viloyatlar markazlari va Nukus şahrida pensiyalar 1 maydan boşlab plastik kartalarga ötkazib berilişi belgilandi. Zarur hollarda naqd pul oliş muammo bölmaydi. 5,5 mingta bankomatdan qariyb mingtasi «Xalq banki»nikidir.

Boşqa banklarda ham pensiya plastik kartalaridan komission tölovlar olmaslik yoki yarim foiz miqdorida oliş masalasi körilyapti. «Humo» kartalari uçun yana 35 mingta tölov terminallarini olib keldik. Demak, tölovlardagi muammolar ham yeçim topadi», dedi u. 

Mamarizo Nurmuratov mavjud kreditlarni söndiriş böyiça böyiça ham oydinlik kiritdi.

«Hozir çözib berilgan kreditlar böyiça bir narsaga aniqlik kiritmoqçiman – 1 oktyabrdan keyin yiğilib qolgan foizlar birdan tölanmaydi. Oldin qanday tölangan bölsa şunday tölanaveradi. Şunçaki 6 oy imtiyozli muddat qöşiladi va kredit muddati uzaytiriladi.

Qayta moliyalaş stavkasi oldingi kreditlar foiziga ta'sir qiladimi, degan savolga kelsak, ha, agar kredit şartnomasida şu stavkaga boğlangan bölsa, ta'sir qiladi. Ya'ni bir foizga pasayadi. Bizdagi köpçilik ipoteka kreditlari qayta moliyalaş stavkasiga boğlangan. Demak, ularning foizlari ham bir foizga pasayadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.