Yiğiliş avvalida prezident koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş doirasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlarga yana bir bor alohida töxtalib ötdi.

— Kundalik matbuotdan xabaringiz bor, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham kasallikka çalinganlar soni tobora köpayib borayotgani barçamizdan, butun xalqimizdan huşyorlik va ogohlikni keskin kuçaytirişni, karantin bilan boğliq joriy etilgan barça tartib-qoidalarga sözsiz va qat'iy amal qilişni talab etmoqda.

Albatta, barça amalga oşirayotgan sa'y-harakatlarimiz hamda şifokorlarimizning qahramonona mehnatlari evaziga bugungaça uşbu kasallikka çalingan 100 nafar yurtdoşimiz töliq tuzaldi.

Karantinga olingan 222 ming nafar kişidan 141 ming nafari undan çiqarildi.

Mavjud vaziyatdan kelib çiqib, Hukumat komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari quyidagi keçiktirib bölmaydigan çoralarni körişlari zarur.

Birinçidan, biz pandemiya bilan boğliq jarayonlarning izidan quvib emas, balki uning barvaqt oldini oliş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni va barça resurslarimizni safarbar etişimiz zarur.

Ikkinçidan, mavjud vaziyatni har tomonlama çuqur tahlil qilib, bölajak xavf-xatarlarni, ular bilan boğliq muammolarni oldindan prognoz qilişimiz va ularning yeçimiga aniq reja va puxta çoralarimiz bilan tayyor turişimiz zarur.

Uçinçidan, bu kasallikni yengiş uçun barça davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan özaro hamkorlikni yanada kuçaytirişimiz kerak.

Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Isroil, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyaning yetakçi mutaxassislari bilan bemorlarni davolaş böyiça telemeditsina orqali olib borayotgan muloqotlarimizni boşqa ilğor davlatlar bilan ham kengaytirişimiz, ularning tavsiyalarini özimizda faol joriy etişimiz şart.

Bugun Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi ekspertlari bilan ötkazilgan videokonferensiya ham, albatta, bemorlarimizni davolaşda özining ijobiy natijasini beradi, deb qat'iy işonaman.