14 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligi tarmoqlarini yanada rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda davlat rahbari qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişiga ruxsat beriş borasida ham topşiriq bergan.

Unga köra, endilikda karantin qoidalariga amal qilgan holda, qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişi ta'minlanadi. Bu haqda prezident Içki işlar vazirligiga topşiriq bergan. 

Mart oyi oxirida karantin tufayli avtotransport vositalari harakatiga çeklov joriy qilingandi. Istisno tariqasida qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişiga ruxsat berilmoqda.