Yotoqxonada şahar quriliş obektlarida işlayotgan mehnat muhojirlari yaşagan, ularning millati haqida xabar berilmayapti.

Hozirgi vaqtda yotoqxonani Rosgvardiya xodimlari va politsiya tunu-kun uzluksiz ravişda qöriqlamoqda. Ular heç kimni taşqariga çiqarmayapti. Kasallanganlar şifoxonaga yotqizilmayapti va yotoqxonada qolmoqda.

Noqonuniy deb aytilayotgan yotoqxona dam oliş kunlari Rospotrebnadzor, Tergov qömitasi va politsiya hamkorligida ötkazilgan reydda aniqlangan. Reyd davomida sanitar şifokorlar muhojirlar orasida koronavirus alomatlari: yuqori harorat va yötal borligini aniqlaşgan. Hozirgi vaqtda yotoqxona 154 nafar muhojir, şu jumladan koronavirus yuqtirib olganlar bilan birga karantinga yopilgan.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotiga köra, bu yotoqxonada jami 472 kişi yaşagan. Ammo ularning qançasi koronavirus yuqtirib olgani ma'lum emas. Hozirgi vaqtda hamma muhojirlar tekşirilmoqda.

Mahalliy ma'muriyat yordamida yotoqxonaga yaqin hududlarga sanitariya işlovi berilgan. Maxsus himoya kiyimlaridagi odamlar yaqin oziq-ovqat dökonigaça bölgan joylarni dezinfeksiya qilişgan. Ammo, sotuvçi ayolning sözlariga köra, dökonning içki qismi dezinfeksiya qilinmagan.

Leningrad viloyati gubernatori muhojirlar yotoqxonasidagi koronavirus epidemiyasi xurujini «infeksiya bombasi» deb nomladi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Leningrad viloyatida koronavirus bilan xastalangan 190 bemor bor.