Yiğilişda prezident rahbarlarga murojaat qilib, jumladan, şunday dedi:

– Ta'kidlaş kerakki, pandemiya va karantin bilan boğliq mavjud qiyinçiliklarga qaramasdan, xalqimiz tuşkunlik va sarosimaga tuşgani yöq.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan biror-bir tizim töxtab qolmadi. Biz vaziyatdan kelib çiqib, xalqimizning soğliğini öylab, işimizni boşqa şaklda taşkil etyapmiz.

Aqliy mehnat, ta'lim-tarbiya bilan boğliq faoliyat turlari masofadan turib, «onlayn» rejimda olib borilmoqda.

Şu bilan birga, rahbarlarga murojaat qilib şuni aytmoqçimanki, respublikamiz hududlarida qişloq xöjaligida, sanoat va quriliş, iqtisodiyotning boşqa ustuvor tarmoqlarida, tadbirkorlik sub'yektlarida işlarni samarali davom ettirişimiz kerak.

Çunki kun kutib turmaydi, hayot davom etmoqda. Bugungi yöqotilgan vaqt va imkoniyatlarni ertaga tiklab bölmaydi.

Bizning oldimizda 34 millionlik aziz xalqimizni boqiş barobarida qançadan-qança yetiştirgan mahsulotlarimizni çetga eksport qiliş vazifalari ham turibdi.

Albatta, biz yaxşi tuşunamiz, uyda ötiriş oson iş emas, lekin biz ayni paytda elimizning soğliğini va hayotini saqlab qoliş uçun eng maqbul vosita sifatida şu tavsiyaga amal qilişga majburmiz.

Biz karantinni qaçon bekor qilişni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama çuqur öylab va tahlil qilib, albatta, körib çiqamiz.

Köpni körgan, turli sinovlarda toblangan mard va matonatli xalqimiz bilan bu vaqtinçalik qiyinçiliklarni biz, albatta, yengib ötamiz.

Buyuk şoirimiz Abdulla Oripov qalamiga mansub, hammamiz ğurur bilan kuylaydigan Davlat madhiyamizda «Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon», degan çuqur ma'noli sözlar bor.

Çindan ham, mana şunday murakkab va sinovli damlarda biz uluğ va mehnatkaş xalqimizning qudrati, aql-zakovati va sabr-matonati, mehr-oqibati va samimiyati bilan uşbu oğir sinovlarni ham, albatta, yengib ötamiz, – deb ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.