Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyati Böston tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça çora-tadbirlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi Andijon viloyatining Böston tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
2020-2022 yillarda Andijon viloyatining Böston tumanida kambağallikni qisqartiriş yuzasidan amalga oşiriladigan çora-tadbirlar;
2020-2022 yillarda Andijon viloyatining Böston tumanida sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
2020-2022 yillarda Andijon viloyatining Böston tumanida işsizlarni kasb-hunarga öqitiş va qayta tayyorlaş parametrlari;
2020-2022 yillarda Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar;
Dasturni amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va tizimli nazorat qilinişini ta'minlaş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Andijon viloyati hokimligi Böston tumanida uy-joyga muhtoj bölgan oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş maqsadida “Böston paxta tozalaş” AJning ustav fondiga kiritilmagan böş turgan “Qurtxona” binosini Böston tumani hokimligi balansiga ötkaziş çoralarini köradi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Böston tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, çet el investitsiyalarni jalb etiş hamda yangi iş örinlarni yaratiş maqsadida qöşimça ravişda har birining qiymati 5 mln. AQŞ dollariga teng bölgan 5 ta yirik loyihalarni amalga oşiriş böyiça dastur loyihasini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “Qişloq quriliş invest” MÇJ IK bosqiçma-bosqiç Böston tumani markazini kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta'minlaydi.
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Böston tumani hokimligi bilan birgalikda har bir mahallada dehqonçilik bilan şuğullaniş istagini bildirgan aholi röyxatini şakllantiradi.
















