O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi
2019 yilning shu davrida 59 505 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 75 635 dona
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-mart oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.
Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 59 505 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 75 635 dona.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-mart oylarida 20 721 Nexia T-250, 17 759 dona Cobalt, 14 459 dona Lacetti-Gentra, 12 970 dona Damas, 8 256 dona Spark hamda 1 470 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 1 323 dona, 2020 yilda - 1 014.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 48,5 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 64,6.
2020 yil yanvar-mart oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 222 donani tashkil etdi (2019 yilda - 101).
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024