16 aprel kuni Kun.uz'ga intervyu bergan taniqli blogerlar Qobil Xidirov (davletovuz) va Otabek Bakirov (bakiroo) pandemiya hamda iqtisodiy inqiroz davrida yuz berayotgan özgarişlar şaxsiy mulohaza, tanqidlarini bildirgan.
«Jarimalar köpayib ketdi». Bakirov va Xidirov ijtimoiy masalalarga munosabat bildirdi
«Jarimalar köpayib ketdi». Bakirov va Xidirov ijtimoiy masalalarga munosabat bildirdi 👉 https://kun.uz/50401072
Posted by
on Sunday, April 19, 2020
Bakirovning qayd etişiça, bu davrda taqiqlardan taşqari, jarimalar köpayib ketgan.
«Oxirgi paytda tomorqadan maqsadli foydalanmagani uçun, masalan, sabzavot ekmagani uçun, ma'muriy javobgarlik masalasi kötarilyapti. Odamlarga buni qanday tuşuntiriş kerak? Kelinglar, jazolaş bilan heç nimaga erişmaymiz. Odamlarga aytiş kerakki: «örtoqlar, yil oğir, qiş oğir keladi, tomorqangiz bor ekan - sizning baxtingiz, imkoniyatingiz». Ertaga heç kim sizga yordam bermaydi, tomorqangizdan çiqqan sabzavot, yem va buğdoy sizga yordam böladi, degan ma'noda tuşuntiriş qayerda-yu, tomorqaga kim sabzavot ekmasa jarimaga solamiz, odamlar dangasa bölib ketdi, degan gaplar qayerda?» , - deydi u.
Uning aytişiça, xalqqa xalq tuşunadigan tilda gapiriş kerak, jarima va diktat tili bilan emas. Şuningdek, odamlar öz hisobini bilmay, xarajatlar qilişda davom etayotgani ta'kidlandi. Ularga heç kim karantindan keyin ahvolimiz birdan yaxşilanmasligi haqida gapirmagan, deya fikr aytdi Bakirov.
Suhbat davomida uşbu masalaga töxtalgan bloger Qobil Xidirov jarimalar aholi daromadiga nisbatan juda köp ekanini tanqid qildi.
«Har qanday jazo çorasining qöllaşdan maqsad oqibat tarbiya bölişi kerak. Lekin bizda jarimalarning köproq qörquvga sababligi ularning aholi daromadiga nisbatan otning kallasiday kattaligidir. Bu tarbiyalaşdan köra, qörquv olib keladi. Hukumat qörqitiş yöli bilan aholini niqob taqişga örgatdi. Aslida tomorqadan samarali foydalanmagani uçun sanksiyalar avvaldan bor, şuni yana kuçaytirib, jarimani oşiriş foyda beradimi?», - dedi u.
Xidirov jarimani qöllaş mexanizmini ham savolga tutdi: tomorqadan samarali foydalanilmayotganini qanday örganiladi?

















