«Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarşi öz vaqtida körilgan çora-tadbirlar natijasida köplab hududlar bu xavfdan saqlab qolindi. Şunga qaramay, aksariyat viloyat va tumanlarda korxonalar öz işini töxtatgan yoki töliq quvvat bilan işlamayapti. Bu holat hududlar iqtisodiyoti va ijtimoiy sohaga, oddiy qilib aytganda, aholi hayotiga salbiy ta'sir qilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlatimiz rahbari yiğiliş avvalida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş masalasiga alohida töxtalib ötdi.

Vaqtinça işlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlaş kölamini yanada kengaytiriş kerakligi ta'kidlandi.

Hozirgi pandemiya paytida işsizlar, yordam va kömakka muhtoj aholi soni ortişi tabiiy. Turli mamlakatlar kasallikka qarşi kuraşiş barobarida iş joylarini saqlab qoliş va iqtisodiyotni keskin tanazzulga uçramasligi uçun bor imkoniyatlarni işga solmoqda.

Butun dunyoda bölgani kabi bu murakkab jarayon Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. Albatta, xalqimizni ta'minlaş uçun ham, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun ham mamlakatimizning zaxiralari va imkoniyatlari yetarli.

Şu bois prezident xalqning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yölga qöyiş taşabbusini ilgari surdi.

«Yaqin kunlarda barçamiz uçun muqaddas bölgan Ramazon oyi kirib keladi. Bu oyda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam körsatiş ham qarz, ham farzdir. Şuning uçun uşbu muqaddas oyda har bir tadbirkor özi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalo mahalladoşlari, qöni-qöşnilarini faol qöllab-quvvatlaşi maqsadga muvofiq», – dedi davlat rahbari.

Buning natijasida Ramazon oyida amalga oşiriladigan ehson va xayriyalar manzilli böladi, iftorliklarga sarflanadigan mablağlar va oziq-ovqat mahsulotlari aholining kam ta'minlangan qatlamlariga yönaltiriladi.

Imkoniyatidan kelib çiqib, qaysidir tadbirkor bir oyda misol uçun, 10ta, boşqa biri esa 20ta oilaga kömaklaşişi, eng muhimi muhtoj oilalar a'zolarini işga jalb qilişi mumkin. Davlat tomonidan öz navbatida bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit tölovlari,  zarur resurslar bilan ta'minlaş böyiça turli imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Ya'ni, bu aholiga davlat tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari orqali körsatiladigan saxovat va kömak böladi.