AOKA ştabida Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov bilan brifing ötkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Bahrom Zulfiqorovning sözlariga köra, oliy harbiy ta'lim muassasalarida imtihonlar joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigaça hamda test imtihonlari 5 iyul kuni ötkazilişi belgilangan.
“Mamlakatimizda karantin muddati tugagandan söng tuman va viloyat mudofaa işlari bölim va boşqarmalarida fuqarolardan tibbiy körik hujjatlarini qabul qiliş vaqtini bir oz muddatga çözdiriş hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirmoqçi bölgan fuqarolar uçun imkoniyatlar yaratiş masalasi belgilangan tartibda körib çiqilmoqda.
Qöşma qaror talabiga köra, tibbiy körik uçun ötkazilgan laboratoriya natijalari 3 oy muddatda öz kuçida qoladi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalarida imtihonlar, ya'ni bilim yurtlarida ötkaziladigan harbiy kasbiy tanlov joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigaça hamda test imtihonlari 5 iyul kuni ötkazilişi belgilangan”, - dedi u.

















