Voqea 21 aprel kuni röy bergan bölib, muxbir, özining aytişiça, narxlar va tovarlar sifatini örganiş uçun Uçköprik tumanida taşkil etilgan arzon oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasiga borganida tuman hokimligi va IIB vakillari tomonidan tösiqqa uçragan, şundan söng IIBga olib ketilib, 2,5 soat uşlab turilgan.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Dilşod Saidjonov bu masalada Boş prokuraturaga murojaat qilinganini aytib, davlat idoralarini qonunçilikni hurmat qilişga çaqirgan.

«Keça Agentligimizga «Ma'rifat» gazetasi jurnalisti Şarifa Madrahimovadan Farğona viloyati Uçköprik tumani hokimligi tomonidan huquqlari buzilganligi töğrisida murojaat kelib tuşdi.

AOKA voqelikni diqqat bilan örganib çiqdi va yakunda tuman hokimlik vakillari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan «Ommaviy axborot vositalari töğrisida» va «Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qiliş töğrisida»gi qonunlar hamda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari buzilişi ehtimoli yuzasidan vaziyatga huquqiy baho berişni sörab, Boş prokuraturaga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtda Boş prokuratura masalani örganmoqda va natijalari böyiça öz qarorini bildirişni rejalaştirmoqda.

Prezident Ş.Mirziyoyevning oçiqlik siyosati davlat idoralaridan xalq bilan yaqin muloqot örnatiş, fuqarolarning sörovlari, muammolari va takliflariga öz vaqtida javob berişni talab qiladi. Uşbu muloqotni olib borişda ommaviy axborot vositalari va blogerlar beqiyos rol öynaydi, ular xalqimizga axborot yetkazişda barça davlat hokimiyati va boşqaruvi organlariga katta yordam körsatmoqda. Ular, şuningdek, davlat idoralari matbuot xizmatining tayançi hisoblanadi.

Agentlik barça davlat idoralari axborot sohasida mamlakat qonunçiligini hurmat qilişlari va konstruktiv tanqidni töğri qabul qilişlari şart deb hisoblaydi, çunki OAV va blogerlar idoralarning obrösi va harakatlariga putur yetkaziş maqsadida tanqid qilişmaydi, balki şu orqali ularga fuqarolarning ma'lum muammolarini körişlariga imkon beriş uçun, davlat organlari faoliyatidagi, xususan jamiyatni xabardor qilişdagi xatolar, kamçiliklar va ularni xalqimiz manfaatlariga mos ravişda tezda bartaraf etiş uçun mehnat qilişadi», – deyiladi AOKA rahbari Dilşod Saidjonovning munosabatida.

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi ham öz bayonotida huquq idoralariga murojaat yöllanganini bildirib, axborot oliş va tarqatiş Konstitutsiyada belgilab qöyilgan huquq ekanini barça mas'ullarga eslatib ötgan.