Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining buyruğiga muvofiq Otabek Sunnatilloyeviç Töxtayev Markaziy bankning Samarqand viloyati boş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Zarnews xabariga köra, 1976 yil Kattaqörğon şahrida tuğilgan Otabek Töxtayev şu paytgaça «Özsanoatqurilişbank» davlat dasturlari bilan işlaş departamenti direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.
U 2016-2019 yillarda «Özsanoatqurilişbank» Samarqand filiali boşqaruvçisi bölgan.
Eslatib ötamiz, Markaziy bankning Samarqand viloyat boş boşqarmasining avvalgi boşliği Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.













