Allamjonov Qalampir.uz saytiga bergan intervyusida pandemiyaning OAVga ta'siri haqida gapirar ekan, gazetalar bora-bora qoğoz şakldan voz keçişiga töğri kelişini aytgan edi.
«Fikrimça, matbuot ham oğir davrga kirib kelmoqda. Xususan, bosma naşrlarga keladigan bölsak, ularning kelajagini körmayapman. Aslida, bu inqirozlar boşlanmaganida ham, gazetalar – allaqaçon ötmiş mahsuloti.
… Gazeta tahririyatlari ham kelgusida qiynalib qolmaslik uçun zudlik bilan internetga moslaşişlari kerak böladi», – degandi fond rahbari.
Uşbu intervyu Kun.uz`da ham e'lon qilinişi ortidan, ijtimoiy tarmoqlarda «Işonç» – «Doveriye» va «XXI asr» gazetalari boş muharrirlarining Allamjonov bildirgan fikrlarga keskin munosabati e'lon qilindi.
Komil Allamjonov öz Telegram-kanalida uşbu tanqidlarga e'tibor qaratdi.
«Hurmatli, yuzlab jurnalistlarga oylik maoş tölab, ularning turmuş tarziga mas'ul bölgan bosma naşrlarimizning boş muharrirlari! Meni rosa koyibsiz, dilingiz oğriganini bildiribsiz», deb yozadi Allamjonov.
U yuqoridagi gazetalar boş muharrirlariga qator savollar bilan yuzlangan:
«Qani ayting-çi, bugun iqtisodiy ahvolingiz qanday? Jurnalistlarga öz vaqtida oyliklarni tölaşga qiynalmayapsizmi? Qöl ostingizdagi halol va vatanparvar xodimlaringiz kelajagi haqida qayğuryapsizlarmi? Mana bir misol, ayni şaroitda gazetalarning qoğoz variantini qanday qilib öqiş mumkin? Uni tarqatiş ham mumkin emas, muştariylar köçaga çiqişi ham mumkin emas. Hamma karantinda. Faqat biz emas, barça taşkilotlar karantinda dersiz. Unday bölsa öquvçilar yangilik va ma'lumotlarni qayerdan olişi kerak? Pandemiya vaqtida xalqni xavfdan kim ogoh etadi, kim aholi orasida tarğibot olib boradi? Albatta, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki teleradiokanallar. Ular tinimsiz işlab turibdi. Reklamadan ozmi köpmi daromad qilişyapti, xodimlari rözğorini tebratmoqda.
Aynan şu karantin davrida öquvçilaringiz allaqaçon boşqa resurslarda. Ertaga Sizlarga obuna bölgan minglab muştariylar karantin davomida qoğoz variantdagi gazetalarni olmaganliklarini, şu sababli ular bilan qayta hisob-kitob qilişingizni talab qilişsa, unda yanada oğirroq iqtisodiy ahvolga tuşib qolmaysizmi?» – deya savol bergan Komil Allamjonov.













