1986 yilning 26 aprel kuni Çernobildagi atom elektrostansiyasi portlab, oqibatda köplab odamlar vafot etgan va undan ham köproq odam mayib-majruh bölib qolgandi. Hozir Çernobil hududida ançadan buyon örmon yonğinlari sodir bölmoqda. Şu bahonada Çernobildagi maş’um voqeani yodga olsak.

Çernobil AES Ukraina SSR hududida, Kiyevdan 110 kilometr, Belarus bilan çegaradan 16 kilometr, Çernobil şahridan 15 kilometr uzoqlikdagi Dneprning irmoği bölgan Pripyat daryosi yoqasida joylaşgan edi. Unga eng yaqin aholi manzili şu AES işçilari yaşaydigan Pripyat şaharçasi bölgan. 1986 yilning aprel oyida Çernobil AESda jami törtta energoblok işlab turgan, beşinçi energoblok qurilişi 80 foizga yakunlangan hamda oltinçi energoblokning çuquri kavlanayotgan edi.

Çernobil AES qurilişi 1971 yilda boşlangan va 1977 yil 25 sentabrda işga tuşirilgan. Bu AES öşa paytda Ukraina SSRda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining 10 foizini işlab çiqargan. AES 2000 yilda yopilgan.

Falokat

1986 yil 26 aprel kuni soat 01:23da Çernobil AESning 4-energoblogida portlaş sodir böladi va reaktor butunlay işdan çiqadi. Portlaş oqibatida energoblokning bir qismi qulab tuşadi va boş operator halok böladi. AESdagi avariya ortidan havoga uran izotoplari, plutoniy, yod-131 (ta’siri 8 kun), seziy-134 (ta’siri 2 yil), seziy-137 (ta’siri 30 yil), stronsiy-90 (ta’siri 28 yil) tarqab ketadi.

Aslida portlaş yuz bergan 4-energoblok 25 aprel kuni ta’mirlaş işlari olib boriş uçun töxtatilişi kerak bölgan, ammo noma’lum sabablarga köra negadir ta’mirlaşni ortga surişadi. Çernobil avariyasi haqida rasmiy e’lon qilingan sabablardan taşqari yana köplab rasmiy bölmagan sabablar keltirilgan.

SSSR davlat komissiyasi suriştiruvlar natijasida öz xulosalarini e’lon qilgan va unda asosan AES rahbariyati aybdor sifatida körsatilgan. Şuningdek, sovet olimi Valeriy Legasov boşçilik qilgan MAGATE (Xalqaro atom energetikasi taşkiloti) tomonidan yuborilgan guruh ham SSSR davlat komissiyasining xulosasini ma’qullagan. Xulosaga köra, AES rahbariyati xavfsizlik texnikasi qoidalariga mutlaqo amal qilmagan va oqibatda falokat yuz bergan.

SSSR tarqalganidan keyingi xulosalar

1991 yilda SSSR davlat atom nazorati komissiyasi işni qaytadan körib çiqdi va AES rahbariyati ayblangan oldingi xulosalarni rad etib, Çernobildagi falokatga reaktor energoblogi konstruksiyasidagi kamçiliklar sabab bölgani haqida xulosa berdi.