Farmonda belgilanişiça, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş davrida asosiy daromad manbalarini yöqotgan şaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik sub'yektlarini qöşimça qöllab-quvvatlaşni ta'minlaş maqsadida:
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar:
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va kömak” fondiga, “Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik” jamoat fondiga, şu jumladan ularning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlardagi bölinmalariga, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxslar röyxatiga kiritilgan jismoniy şaxslarga beğaraz beriladigan:
- pul mablağlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soliğini hisoblaşda çegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;
- tovarlar (xizmatlar) qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq böyiça soliq soliş obektiga kiritilmaydi;
- Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondidan, “Saxovat va kömak” fondidan, “Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik” jamoat fondidan, yuridik va jismoniy şaxslardan olinadigan beğaraz yordam (pul mablağlari, tovarlar va xizmatlar)ga, agar yordam oluvçi şaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxslar röyxatiga kiritilgan bölsa, jismoniy şaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
- jismoniy şaxslarga turar joylarini jismoniy şaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati töxtagan tadbirkorlik sub'yektlariga noturar joylarni ijaraga berişdan olingan jismoniy şaxslardan olinadigan daromadlar böyiça soliqni foizsiz keçiktirib tölaş huquqi beriladi. Bunda, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş böyiça berilgan keçiktiriş summasi 2021 yil 1 aprelga qadar muddatgaça teng uluşlarda tölanişi lozim;
- lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va keçiktirilgan lizing böyiça foiz daromadlari summasi foyda soliğini hisoblaşda keçiktiriş berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
- tijorat banklarining kreditlari böyiça foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş Davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiya qiliş tartibi tadbirkorlik sub'yektlarining amaldagi kredit şartnomalariga ham tatbiq qilinadi.
Hujjatga muvofiq şunday tartib örnatiladiki, 2020 yilda xodimga tölanadigan, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğiga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining














