28 aprel kuni Olot va Qoraköl tuman fuqarolari «Olot tumanini suv bosadi deb», vahimaga berilib, oila a'zolari bilan birgalikda yaşaş manzillarini tark etib, Jondor tuman hududiga ötişga harakat qilişgan. Natijada yöllarda tirbandlik va tartibsizlik holati yuzaga kelgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, holat yuzasidan oydinlik kiritiş maqsadida Olot va Qoraköl tumanlarida olib borilgan suriştiruv işlari jarayonida aholi orasida asossiz vahima uyğotgan bir neça şaxs aniqlangan.
Nazarov Umar Itolmasoviç, 1970 yilda tuğilgan. Olot tumani «Jayxunobod» mahallasida yaşaydi. Uşbu şaxs Turkmaniston Respublikasining Farob tumani hududidan suv toşqini kötarilib, Olot tumani hududi suv bosişi mumkinligi töğrisidagi yolğon uydirmalarni qöni-qöşnilari va mahalladoşlariga tarqatib, aholi orasida vahima uyğonişiga sababçi bölgan.
Rahmatov Murot Hamroyeviç, 1969 yilda tuğilgan. Qoraköl tumani «Quvaça» mahallasida yaşaydi. Uşbu şaxs ham Turkmaniston Respublikasidan suv toşqini kelişi töğrisida eşitgan gaplarini tanişlari Mansurov Soyib va Ergaşov Bobonazar orqali xalq orasida keng yoyilişiga sababçi bölgan.
Norboyev Raximjon Narzullayeviç. 1977 yilda tuğilgan. Qoraköl tumani «Yangibozor» mahallasida yaşaydi. Yaşaş manzili köçasiga çiqib, fuqarolardan eşitgan toşqin töğrisidagi yolğon xabarga işonib, qöni-qöşnilariga va tanişlariga aytib, ular vahimaga tuşişiga sababçi bölgan.
Mattiyev Otamurod Aminjonoviç, 1995 yilda tuğilgan. Qoraköl tumani «Quvaça» mahallasida yaşaydi. 28 aprel kuni onasi Boqulova Fazolatdan suv toşqini bölişi mumkinligi töğrisida yolğon xabarlarni eşitib, qişloqdoşlari va tanişlari orasida vahima çiqişi hamda aholi tartibsizligiga qöşilib, vahima uyğonişiga sababçi bölgan.
Yuqoridagi nomi keltirib ötilgan şaxslar bilan olib borilgan suriştiruv işlari jarayonida haqiqatan uşbu harakatlarni sodir etib, xalq orasida vahima uyğonişiga sababçi bölişganini tan olişdi hamda xalqdan keçirib sörab, videomurojaat taqdim qilişdi.
Şu kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi davomida Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uçraşuv ötkazildi.


















