Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi orasida kasallikka çaliniş dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolar tomonidan şaxsiy avtotransportdan foydalanişga çeklovlarni ham sekin-asta yumşatiş maqsadga muvofiqligini aytib ötgan.
Respublika komissiyasi tegişli çeklovlar örnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 7:00dan 10:00 gaça hamda keçqurun 17:00 dan 20:00 gaça şaxsiy avtomaşinalardan foydalanişga ruxsat berilişini ta'minlaydi.
Bunda şaxsiy avtotransportdan, birinçi navbatda, fuqarolarning iş joyiga, tibbiyot muassasalariga borişi va uyiga qaytişi, iste'mol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilişi uçun foydalanişi mumkin.
Şaxsiy avtotransportlardan foydalanişga ruxsatnomaga ega bölgan va yetkazib beriş xizmatlari bilan şuğullanadigan fuqarolar heç qanday çeklovlarsiz öz maşinalaridan foydalanişlari mumkin.
Şuningdek, fuqarolarning köplab murojaatlarini inobatga olgan holda, şahar va tumanlardagi köp qavatli uylarning içki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirişga ruxsat beriladi. Bunda xavfsizlik çoralariga qat'iy rioya qiliş talab etiladi.


















