«Odamlar çarçadi» – Prezident karantindan bosqiçma-bosqiç çiqiş böyiça navbatdagi qadamlarni qöyiş vaqti kelgani haqida gapirdi
|02:20 / 30.04.202072 3968 min
Özbekistonda ayrim karantin çoralari bekor qilinadi, 10 maydan esa karantin rejimini bosqiçma-bosqiç yumşatişga qaratilgan işlar yanada dadilroq davom ettiriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlaş va narx-navo barqarorligini saqlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazdi.
«Bugungi kunda mamlakatimiz böyiça uşbu kasallikka çalingan 1066 nafar yoki 55 foiz bemor töliq soğayganini alohida qayd etmoqçiman. Oxirgi 5 kunda – 505 nafar.
Qolgan 894 nafar bemorni ham davolaş yuzasidan, özimizda amaliy yordam berayotgan 18 nafar xitoylik, germaniyalik, koreyalik vraçlar hamda telemeditsina orqali boşqa yetakçi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilgan holda, barça zarur çoralar körilmoqda.
Mamlakatimiz tibbiyot xodimlarining bugungi kunda kasallikka qarşi olib borayotgan maşaqqatli va öta mas'uliyatli mehnatini munosib qadrlaş va rağbatlantiriş uçun kuni keça yana bir muhim qarorni imzoladim.
Unga köra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barça toifadagi tibbiyot xodimlarining iş haqi 2,5 baravarga oşirildi.
Umuman, karantin qoidalarini öz vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli köplab tuman va şaharlarda infeksiya tarqalişiga yöl qöymadik», degan prezident.
Davlat rahbari karantin vaqtida xizmatda bölgan sohalar xodimlari, şu jumladan OAV vakillariga minnatdorçilik bildirgan.
«Şu örinda könglimdagi bir fikrni jamoatçiligimiz, xalqimizga oçiq aytmoqçiman.
Mana, bir yarim oydan oşdiki, el-yurtimiz «Uyda qoling» degan da'vatga amal qilib, yuksak jasorat körsatib, yalpi karantin şaroitida yaşamoqda. Oilam, bola-çaqam, deb tinib-tinçimaydigan, ertayu keç ğayrat bilan mehnat qiladigan xalqimiz uçun bunday majburiy holat, albatta, oson keçayotgani yöq.
Yurtdoşlarimiz oğir sinov kunlarida çinakam sabr-toqat va mas'uliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etyapti.
Buni jahon hamjamiyati ham tan olib, har tomonlama e'tirof etmoqda.
Fursatdan foydalanib, pandemiyaga qarşi kuraşning oldingi saflarida çinakam qahramonlik körsatayotgan barça şifokorlarimizga, şu jumladan, tez yordam xizmati xodimlari va haydovçilariga alohida minnatdorçilik bildiraman.
Şu jarayonda özini ayamasdan xizmat qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga, mard va jasur harbiylarimizga, vazirlik va idoralar, hokimliklarning rahbarlari va xizmatçilariga, muhtaram nuroniylarimiz va mahalla faollariga, saxovatpeşa tadbirkorlarimizga, olimlarimiz, öqituvçi va domlalar, ijodkor ziyolilarimiz, imom-xatiblarimizga çin dildan rahmat aytaman.
Mavzuga oid
Hozirgi murakkab şaroitda öz professional burçini vijdonan bajarayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga, insonparvarlik namunasini körsatib, köngilli bölib volontyorlik harakatida qatnaşayotgan fidoyi yoşlarimizga öz nomimdan, xalqimiz nomidan katta minnatdorçilik bildiraman», degan prezident.
Prezident qariyb bir yarim oylik karantin davrida yaşagan odamlar, ayniqsa bolalar çarçaganini qayd etib ötgan hamda yana ayrim yengilliklar berilişini ma'lum qilgan.
«Respublikamizda sanitar-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlaşib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlaşgan holda, karantindan bosqiçma-bosqiç çiqiş böyiça navbatdagi qadamlarni qöyiş vaqti keldi. Çunki hayot davom etmoqda.
Biz ertangi kun haqida, el-yurtimizning kelajagi töğrisida har daqiqa öylaşimiz kerak.
Birinçidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo şaroiti va fuqarolarning köplab murojaatlarini inobatga olgan holda, şahar va tumanlardagi köp qavatli uylarning içki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirişga ruxsat beriş kerak. Bunda xavfsizlik çoralariga qat'iy rioya qiliş talab etiladi.
Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya uşbu topşiriqning ijrosini sözsiz ta'minlaş çorasini körsin. Toşkent şahri bu borada namuna bölişi kerak.
Ikkinçidan, pişib yetilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari nobud bölişining oldini oliş maqsadida aholi talablaridan kelib çiqib, fermer va dehqonlarimiz tomonidan yetiştirilgan meva-sabzavot, poliz va kökat mahsulotlarini joylarga yetkaziş va sotiş uçun viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşirişga ruxsat beriş lozim.
Misol uçun, ilgari Farğona vodiysidan Qamçiq dovoni orqali poytaxtimiz va boşqa viloyatlarga katta hajmda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berilar edi. Hozir bu yöl yopib qöyilgan. Yoki Samarqand viloyatidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Zarafşon şahri va boşqa hududlarga köplab mahsulotlar olib borilar edi. Bu işlar ham hozir töxtab turibdi. Şuning uçun Boş prokuror boşçiligidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş komissiyasiga qişloq xöjaligi mahsulotlarini joylarga yetkazib beriş böyiça 24 soat işlaydigan uzluksiz tizim taşkil etiş topşiriladi.
Içki işlar vazirligi dehqon va fermer xöjaliklarining avtotransport vositalarini hududlararo postlarda kutib oliş, ularni taşkil etilgan yarmarkalar va savdo nuqtalariga tartib bilan kuzatib borişni ta'minlasin.
Davlat soliq qömitasi, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi sotiş uçun olib kelinayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini joylarda aholi talab va ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda, savdo maydonçalari, yarmarka va bozorlarga yönaltirib borsin.
Uçinçidan, aholi orasida kasallikka çaliniş dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolarimiz tomonidan şaxsiy avtotransportdan foydalanişga çeklovlarni ham sekin-asta yumşatiş maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
Respublika komissiyasi tegişli çeklovlar örnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 7:00dan 10:00gaça hamda keçqurun 17:00dan 20:00gaça şaxsiy avtomaşinalardan foydalanişga ruxsat berilişini ta'minlasin.
Bunda:
şaxsiy avtotransportdan, birinçi navbatda, fuqarolarimizning iş joyiga, tibbiyot muassasalariga borişi va uyiga qaytişi, iste'mol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilişi uçun foydalanişi;
maxsus ruxsatnomalarga (stikerlarga) ega va yetkazib beriş xizmatini körsatayotgan fuqarolar esa şaxsiy avtotransportda heç qanday çeklovsiz harakatlanişi mumkinligi belgilansin.
Şu bilan birga, hurmatli olimlarimizga, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlariga, professor-öqituvçilarimizga sanitariya-gigiyena normalarini ta'minlagan holda öz laboratoriya va kafedralarida kundalik işlarini davom ettirişlariga ijozat beriş maqsadga muvofiq bölar edi. Ular ilmiy va öquv jarayonlarini taşkil etişga asta-sekin tayyorgarlik körib borişlariga, men öylayman, vaqt berişimiz kerak.
Albatta, vaziyatimiz yaxşilanib, ijobiy tomonga özgarib borişi bilan, 10 maydan keyin biz karantin rejimini bosqiçma-bosqiç yumşatişga qaratilgan işlarimizni yanada dadilroq davom ettiramiz.
Lekin takror va takror aytaman: hamma joyda sanitariya talablariga amal qilişga birinçi darajali masala deb qaraşimiz kerak.
Mamlakatimizda pandemiyaga qarşi kuraş borasida ötgan vaqt mobaynida muhim tajriba orttirildi. Endi undan yuqumli kasalliklarning oldini oliş va ularga qarşi kuraşiş, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qiliş hamda tibbiy madaniyatni oşiriş yölida samarali foydalanişimiz zarur.
Ta'kidlab aytaman, agar bu talablarga barçamiz qat'iy amal qilmasak, sanitariya-karantin normalariga ahamiyat bermasak, şunça qilgan işlarimiz, körgan çora-tadbirlarimiz zoye ketişi heç gap emas.
Eng asosiysi, har birimizning soğliğimiz özimizga va, ayni vaqtda, butun xalqimizning soğliği har birimizga, bizning ongu tafakkurimiz, tartib-intizom va sabr-bardoşimizga boğliq ekanini barçamiz heç qaçon unutmasligimiz kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.