Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurash doirasida maoshidan voz kechdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurash doirasida bir oylik maoshidan (miqdori aniq emas) voz kechdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib Aziya-Plyus nashri xabar bergan.
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Shuningdek, koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakat zaxira fondidan 12,4 million somoniy (1,2 million dollar) miqdorida pul ajratiladi. Bu pullar xususan tibbiyot xodimlariga 3 oy davomida ustama puli to‘lash uchun yo‘naltiriladi.
Tojikiston uzoq vaqt davomida koronavirus aniqlanmagan 15 mamlakat qatorida e'tirof etilayotgandi. 30 aprel kuni mamlakatda birdaniga 15 kishida koronavirusdan zararlanish holati tasdiqlandi. Bemorlardan 10 nafari poytaxt Dushanbeda, yana 5 nafari So‘g‘dda.
1 maydan mamlakatda jamoat joylarida niqobda yurish majburiy etib belgilangan.
Koronavirus Tojikistonda. Vazirlik zararlanish holatlarini rasman tasdiqladi
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
19:07 / 22.12.2025