Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyaning bu xabarida aviaqatnovlarni 30 iyunga qadar to‘xtatish emas, bu sanagacha bo‘lgan davr uchun aviachiptalar sotishni to‘xtatish nazarda tutilgan.

Xorijga parvozlar va aviachiptalar sotuvi tiklanish muddati koronavirus tarqalishi bo‘yicha xalqaro vaziyatga bog‘liq. Agar 30 iyunga qadar turli davlatlar va O‘zbekistonda karantin bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsa, xorijiy yo‘nalishlarga chiptalar sotuvi ham, aviaqatnovlar ham qayta tiklanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mart oyining ikkinchi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatgan edi. 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.