
Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmatining xabar berişiça, tumandagi «Dehqonobod», «Baxmal», «Tinçlik», «Xazina», «Işonç», «Tadbirkor», «Orzu», «Ahillik», «Turkiston» MFYlarida istiqomat qiluvçi fuqarolar 1400dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga öz uylaridan boşpana ajratmoqda.

Bundan taşqari, tumandagi 525 harbiy qismda 500 örinli, Baxt şahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 örinli yotoq joylari tayyorlanib, evakuatsiya qilinayotgan aholini joylaştiriş rejalaştirilgan.

Foto: Mirzaobodliklar Yangiyerga evakuatsiya qilindi
Eslatib ötamiz, 1 may kuni soat 05:55da Sardoba suv ombori dambasi devorida suv çiqişi yuzaga kelib, tumandagi Qörğontepa aholi yaşaş punkti suv ostida qoldi.
Şundan söng suv ombori atrofidagi xavf hududidan 11,5 mingdan ziyod aholi köçirilgan, yana törtta mahallani köçiriş rejalaştirilgandi.
Bundan avvalroq Mirzaobod tumanidagi «Beruniy», «Paxtaobod», «Baliqçi», «Haqiqat», «Bahoriston», «Yangiovul» va «Döngariq» MFYlari aholisi suv toşiş xavfi bölgani uçun Yangiyer şahriga evakuatsiya qilinayotgani xabar qilingandi. Tuman aholisining yana bir qismi Jizzax viloyati hududidagi maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga köçirilişi boşlangandi.

















