Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qonun bilan mustahkamlanadi
Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy asos bo‘ladi.
Qonunchilik palatasining 2020 yil 1 may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildilar.
Loyiha umumiy qoidalar, aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari, ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixiatriya yordami bilan ta'minlash, psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi shaxslar va muassasalar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarning huquq va majburiyatlari, psixiatriya yordami turlari va uni ko‘rsatish tartibi, psixiatriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar ustidan shikoyat qilish kabi boblardan iborat.
Mazkur loyihada avval qonunchiligimizda bo‘lmagan “psixiatriya yordami”, “psixiatriya muassasasi”, “ruhiy holat buzilishi” kabi tushunchalarga ta'rif berilgan.
Qonun loyihasida ruhiy holati buzilgan shaxslarni jamiyatda asossiz kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, shu bilan birga jamiyatni ruhiy holati buzilgan shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishlaridan himoya qilishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy asos bo‘ladi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026