4 may kuni Markaziy saylov komissiyasining yiğilişi bölib ötdi, unda «Parlament Senati deputati D.Nazarboyevaning vakolatlarini tugatiş töğrisida» qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Senat deputati Dariğa Nazarboyevaning vakolatlari Qozoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi 5-bandi, «Parlament va uning deputatlari maqomi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasi 5- va 9-bandlariga muvofiq, prezidentning 2 maydagi 315-sonli «D.Nazarboyeva töğrisida»gi farmoni asosida tugatildi.
2 may kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev mamlakat senati deputati Dariğa Nazarboyevaning vakolatlarini tugatiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Nazarboyeva Töqayev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, 2019 yil 20 martda Qozoğiston parlamenti senatining raisi etib saylandi. 2 sentyabrda u uşbu lavozimga qayta tayinlandi.
Dariğa Nazarboyeva 1963 yil 7 mayda Qarağanda viloyati Temirtau şahrida tuğilgan. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Kirov nomidagi Qozoğiston davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Siyosiy fanlar doktori, tarix fanlari nomzodi.
2016 yil 13 sentabr kuni Dariğa Nazarboyeva senat deputatiga aylangan.

















