«Şu soatlarda bir yöla törtta hududda: Qoraqalpoğistonda 17 nafar, Surxondaryoda 9 nafar, Xorazmda 8 nafar hamda  Sirdaryoda 1 nafar, jami 35 nafar  koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda töliq soğayganlar Qoraqalpoğistonda 87 nafar, Surxondaryoda 29 nafar, Xorazmda 153 nafar hamda  Sirdaryoda 5 nafarga yetdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Şunday qilib, bugunning özida jami 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1405 nafarni taşkil etmoqda.

Ayni paytda Özbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlaniş holatlari soni 2181tani taşkil qilib, soğaygan va vafot etganlardan taşqari, jami 766 nafar bemor şifoxonalarda davolanmoqda.