Qozoğiston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi özbekistonlik hamkasblariga Özbekiston tomonidan transçegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inşootlar töğrisida töliq ma'lumot berişni sörab rasmiy xat yöllaydi.

Bildirilişiça, Qozoğiston va Özbekiston iştirokçi bölgan xalqaro şartnomalar me'yorlariga binoan, transçegaraviy daryolarda gidrotexnik inşootlar qurilişi töğrisida qöşni mamlakatni xabardor qiliş va kelişib oliş kerak. 

«Sardoba suv ombori esa Qozoğiston tomoni bilan kelişmasdan turib qurilgan», - deyiladi sayt xabarida.

«Körsatilgan suv ombori qurilişi biz bilan kelişilmagan. Biz buni bir neça bor Özbekiston tomoniga bildirganmiz, ammo biz bu haqda faqat kiçik ma'lumotlarni oldik. Bugun biz nota tayyorladik, u Taşqi işlar vazirligi orqali yuboriladi, unda bizning transçegaraviy suvlarimizda Sirdaryo daryosi havzasida qurilgan barça obektlarning töliq röyxatini taqdim etiş söralgan», - dedi Qozoğistonning ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar böyiça vaziri örinbosari Sergey Gromov.

Qayd etilişiça, töğonning öpirilişi natijasida 276 kvadrat kilometr maydonni suv bosgan, ularning 76 kvadrat kilometri Qozoğistonda joylaşgan.

Gromovning sözlariga köra, 1 may kuni unga Özbekiston suv xöjaligi vazirining örinbosari qönğiroq qilib, töğondan suv çiqqani haqida xabar bergan va oqim Qozoğiston hududiga kirmasligiga işontirgan.

«Şunga qaramay, biz favqulodda evakuatsiya işlarini taşkil qildik va haq bölib çiqdik. Yaxşiyamki, qurbonlarning oldini olişga, odamlarni va köp sonli çorva mollarini qutqarişga muvaffaq böldik», - dedi vazir örinbosari.

U mamlakatdagi barça gidrotexnik inşootlarni töliq vizual tekşiriş yakunlanganini e'lon qildi. Birinçi navbatda rekonstruksiyaga muhtoj suv omborlari aniqlandi.

Avvalroq, Qozoğistonning Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Şukeyev va Qozoğiston suv xöjaligi sohasining mutaxassislari Maxtaral tumanida yuz bergan suv toşqini masalasi böyiça muzokara ötkaziş uçun Özbekistonning Sirdaryo viloyatiga jönab ketgani xabar qilingandi.