Tojikistonda koronavirusga çaliniş bilan boğliq yana 102ta holat qayd etildi, jami bemorlar soni 230 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
"Tojikistonda COVID-19 yuqtirib olganlar soni 230taga yetdi, bu 2 may holatiga nisbatan 102taga köp, uç kişi vafot etdi", - dedi vazirlik vakili.
Uning sözlariga köra, mamlakat şifoxonalarida 208 kişi tibbiy kuzatuvda bölib turibdi, 246 kişiga qoniqarli holatda şifoxonadan uylariga javob berilgan.
Kasallikka çaliniş bilan boğliq 230ta holatning 110tasi Duşanbeda, 22tasi respublika böysunuvidagi şahar va tumanlarda,, 7tasi Toğli Badaxşon muxtor viloyatida, 21tasi Xatlon viloyatida va 70tasi Söğd viloyatida qayd etilgan.
Tojikistonda koronavirus kirib kelgani haqida ilk marta 30 aprel kuni rasman e'lon qilingandi. Bu xabar JSST mutaxassislari mamlakatga keliş arafasida e'lon qilindi. Birinçi kuni mamlakatda 15 kişida koronavirus aniqlangandi. 3 may kuni esa bu borada öziga xos rekord (52 kişi) örnatildi.
Tojikiston uzoq vaqt koronavirus qayd etilmagan mamlakatlar qatorida e'tirof etilgandi. 3 may holatiga köra Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Turkmanistonda virus aniqlanmagan.














