«Bir makon, bir yo‘l» (BRI) — bu Xitoy rahbari Si Tszinpinning mafkurasi. Ushbu loyiha dastlab Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi sifatida ishlab chiqilgan. BRI besh qit'ani dengiz va quruqlik yo‘laklari bilan bog‘lashi nazarda tutilgandi. 2013 yildan beri unda umumiy aholisi 4,6 milliard kishi va yalpi ichki mahsuloti 29 trillion dollarga teng o‘nlab mamlakatlar ishtirok etmoqda. 2017 yilda Xitoyning loyiha ishtirokchilari bilan savdo hajmi 6 trln dollarga baholangan.

Si Tszinpin / AP

G‘arb, albatta, sayyorani zabt etayotgan Pekin harakatini tinchgina kuzatib turmadi. BRI'ga javoban AQShda Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) tashkil etilgan, ammo bu tashkilot hozircha aniq muvaffaqiyat bilan maqtana olmaydi. Infratuzilma va investitsiya jabhasida amerikaliklar, XXR bilan raqobatlasha olmaganliklari sababli, Xitoyning megaloyihasiga qarshi kuchli tashviqot kampaniyasini boshladi. Aniq asos va ko‘rsatkichlarsiz, ular «BRI'ning asosiy va yagona maqsadi — Osmon osti saltanatining sayyora ustidan nazoratini o‘rnatish», deb