Bugun, 7 may kuni Özbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qaraşli “Kattaqörğon” dala öquv maydonida harbiy xizmatçilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli içiga örnatilgan 14,2 millimetrli quroli sinovdan ötkazildi. Bu haqda Kun.uz' ga harbiy jurnalist Ğayrat Madrahimov ma'lum qildi.
Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 millimetrli snaryad otiladi. Kattaqörğon garnizoni harbiy xizmatçilari tomonidan bu galgi tungi va kunduzgi maşğulotlarida 14,2 millimetrli qurol ham sinab körildi. Ketma-ketlikda otilgan yonuvçi va zirhteşar öqlar nişonlarga töliq talofat yetkazdi.
Uşbu quroldan artilleriyaçilar bölinmasiga yangi qabul qilingan yoş harbiy xizmatçilar foydalanişi közda tutilgan.
Yangi qurolda qisqa muddatda malaka oşirgan yoş artilleriyaçilar 122 millimetrli quroldan otişga qöyiladi.

























