Birinçi – «qizil» toifadagi hudud – sönggi 14 kun içida koronavirus infeksiyasiga çalingan şaxslar aniqlangan hududlar - Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand, Toşkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari. Bunda «qizil» hududda mavjud karantin çeklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta körib çiqiladi.
«Qizil» hududlarda quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
- oziq-ovqat savdo dökonlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo dökonlari, quriliş materiallari bozorlari, tikuvçilik va biçuvçilik sexlari, tijorat banklarining obektlardagi şoxobçalari (kassalari), kimyoviy tozalaş, notarial idoralar, advokatura va suğurta taşkilotlari, poyabzal ta'mirlaş ustaxonalari, çorvaçilik, terini qayta işlaş korxonalari, tezkor ovqat tayyorlaş nuqtalari (yetkazib beriş va olib ketiş uçun), tibbiyot muassasalari faoliyati;
- qişloq xöjaligi mahsulotlarini yiğiş, joylarga yetkaziş va sotiş, uruğ va köçat yetiştiriş hamda ularni sotiş, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan taşqari alohida joylaşgan joyda (dökon) sotiş;
- obektlarda quriliş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş, yakka tartibdagi quriliş va ta'mirlaş işlari, yetkazib beriş xizmati;
- köp qavatli uylarning bevosita oldida va içki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qiliş.
Şuningdek, barça toifadagi hududlar uçun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:
- ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlaş, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanişi;
- ta'lim taşkilotlari, öquv kurslari, köngiloçar obektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yölga qöymaslik;
- barça turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, töy, ma'raka
- va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kişidan köp bölmagan hollar bundan mustasno) ötkazmaslik;
- dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş, har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37°S va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik;
- barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta'minlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritişini ta'minlaş;

















