Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, «yaşil» hududlarda «qizil» va «sariq» hududlarda ruxsat berilganlariga qöşimça ravişda park va istirohat boğlari faoliyatiga (attraksion va köngiloçar obektlar faoliyati bundan mustasno), avtotransportlarning stikersiz harakatiga hamda davlat taşkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

Şuningdek, barça toifadagi hududlar uçun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:

  • ijtimoiy masofani (2 metr) saqlaş, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanişi;
  • ta'lim taşkilotlari, öquv kurslari, köngiloçar obektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yölga qöymaslik;
  • barça turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kişidan köp bölmagan hollar bundan mustasno) ötkazmaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş, har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37°S va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik;
  • barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta'minlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritişini ta'minlaş;
  • quriliş-ta'mirlaş işlarida obektlar hududini töliq karantinga oliş va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oşirib boriş.

Yuqoridagilardan taşqari, viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşiriş böyiça belgilangan çeklovlar saqlab qolinadi. Bunda:

  • doimiy röyxatdan ötgan holda «qizil» toifaga kiruvçi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat taşkilotlarida – iş beruvçi tomonidan taqdim etiladigan tegişli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kiriş va çiqişga;
  • qişloq xöjaligi mahsulotlari nobud bölişining oldini oliş maqsadida aholi talablaridan kelib çiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetiştirilgan meva-sabzavot, poliz va kökat mahsulotlarini joylarga yetkaziş va sotiş maqsadida viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşirişga ruxsat beriladi.

Mazkur qaror bilan mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyat yanada yaxşilanib, bu borada ijobiy dinamikani ta'minlaş maqsadida «qizil» toifaga kiruvçi hududlarda amaldagi belgilangan karantin çeklovlari saqlab qolinmoqda.