Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni sanoat, quriliş va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining töliq işlaşini ta'minlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Davlat rahbari taşabbusi bilan “Saxovat va kömak” umumxalq harakatiga asos solindi.

Mamlakatda amalga oşirilayotgan har bir islohot zamirida, eng avvalo, inson omili, vatandoşlar manfaati yotganining yana bir bor amaliy isboti böldi uşbu taşabbus. Boşqaça aytganda, sinovli kunlarda muşkul ahvolda qolgan oila yoki fuqarolarni öz muammolari qurşovida yolğiz taşlab qöymaslikka, Özbekistonning har bir fuqarosi qayerda bölişidan qat'i nazar, doimo davlat va jamiyatning e'tiborini his qilib turişini ta'minlaşga undovçi va mamlakat bunga qodirligini körsatuvçi, yaxşi kunlarda ham, bugungiday oğir kunlarda ham butun xalq bir bölib, murakkab ahvolda qolgan vatandoşining yonida turişga çaqiruvçi xayrli taşabbus böldi.

Şu bois “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi, a'zo korxona va taşkilotlar koronovirus pandemiyasi vaqtida axolining ijtimoiy ximoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş maqsadida bir qator xayriya işlarini amalga oşirişdi. Xususan, “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobiga “Qizilqumsement” AJ, “Bekobodsement” AJ, “Ohangaronsement” AJ, “Quvasoysement”, “Kvars” AJ hamda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi Markaziy apparati tomonidan 526,4 mln söm mablağ beğaraz ötkazildi. Şuningdek, “Jomboy yaşil çiroqlari” MÇJ, “Turon Eco Cement Group” MÇJ va "PENG SHENG" MÇJ QK kabi xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ta'kidlaş kerak, Sardobada suv toşqinidan aziyat çekkan aholiga yordam beriş maqsadida uyuşma tomonidan bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Tabiiy ofatdan zarar körgan hududni qayta tiklaş uçun zarur bölgan quriliş materiallarini öz vaqtida yetazib beriş maqsadida işçi guruh faoliyati yölga qöyilgan. Ayni damda “Kvars” AJ tomonidan 60 mln sömlik quriliş oynalari yetkazib berilgan. Şu bilan birga, hududlardagi soha korxonalar tomonidan Sirdaryo viloyatiga quriliş materiallari xayriya qilinmoqda.

Uşbu ezgu sa'y-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oşirilişida ham juda katta ma'no mujassam. Zero, bu ayyomda amalga oşiriladigan ehson va xayriyalar manzilli böladi albatta.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati