29 aprel kuni sayt orqali çet eldan naslli qoramollar olib kelib boqayotgan fermerning mavjud yerlarini tuman hokimligi tomonidan sud orqali olib qöyilgani haqida navbatdagi maqola e'lon qilingan edi.
Çorvador maqoladan söng uning xöjaligiga Oliy Majlis Senati a'zosi Ibrohimjon Sultonov va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Begali Qodirov holatni örganiş uçun kelişganini bildirdi.
Dastlab senator Ibrohimjon Sultonov bilan boğlanib, örganiş natijalari haqida söradik.
«Holatni batafsil örgandik. Iş hujjatlari viloyat sudiga berilgan. Aslida suddan söng aniq fikr aytiş örinli bölardi. Hozirda mazkur masalada fermer yoki hokimdan birini haq deya olmayman. Ikkisining ham öziga yaraşa haqiqati bor.
Fermerning haqligi - çorva hayvonlarini boqiş uçun yeri yöq. Hokimiyat çorvadorga çorva uçun yer berganini ma'lum qilgan. Fermer yerni olmaganini aytyapti. Fermer hokimiyat bergan yerdan foydalanmagani uçun özining paxta-ğalla uçun berilgan yeridan çorva uçun ozuqa yetiştirişda foydalanyapti. Hokimning haq tomoni – fermerning paxta va ğalla uçun möljallangan 57 gektar yer maydonini ozuqa uçun ajratib beriş vakolati yöqligini aytayotganidadir. Agar hokim bu iş uçun çora körmasa, javobgar böladi.
Hokim yer berganini aytib qutulyapti. Lekin fermer u yerdan foydalana olgani yöq. Özining eski joyidan foydalanmoqda», deydi senator.

U vaziyatni örganiş işlaridan keyin Qöştepa tuman hokimligida bölgani haqida gapirdi.
«Çorvaga ozuqa yetiştiriş uçun berilgan yer maydoniga Qonunçilik palatasi deputati, agrar soha mutaxassisi Begali Qodirov bilan birga bordik. Deputat yer maydoni bilan tanişib, yerdan yetarli hosil olib bölmasligini, agar yer yaxşi bölganida çorvador yerdan foydalangan bölişi haqida bildirdi.
Bu haqda tuman hokimi Ilyos Novikovga ham kirib aytdik. Mutasaddiga çorvador hokimlik tomonidan berilgan yerdan foydalanmayotgani, çunki, u yerdan hosil olib, çorva hayvonlarini töydira olmasligini aytdik. Hokim esa paxta va ğalla uçun ajratilgan joyni çorvadorga berişga vakolati yöqligini aytib javob qaytardi.

















