27 aprel kuni mamlakatimizga kuçli şamol oqimining kirib kelişi oqibatida qator hududlarda, ayniqsa Buxoro viloyati elektr ta'minotida avariyali uziliş holatlari kuzatildi. Tabiiy ofat elektr tarmoqlariga jiddiy şikast yetkazdi.

Talafotlarni tez fursatlarda töla bartaraf etiş maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan barça resurslar işga solinib, zudlik bilan ta'mirlaş, tiklaş işlariga kirişildi.


Ayni vaqtda viloyatning jiddiy talafot körgan Olot va Qoraköl tumanlaridan taşqari barça tuman, şahar hududlaridagi talafotlar töla bartaraf etilib, iste'molçilarning elektr energiyasi ta'minoti tiklangan. Olot hamda Qoraköl tumanlarida hal etilişi kerak bölgan talaygina işlar mavjud. Biroq bu xalq tili bilan aytganda «svetçi»larni aslo çöçitayotgani yöq.

Xodimlarimiz birdamlik, dadillik, şijoat, matonat va mardlik kabi fazilatlarni namoyon kilgan holda tinimsiz ravişda mehnat olib bormoqdalar. Hozirda Olot tumani böyiça 500dan ziyod yangi temir beton tayançlar örnatilib, havo liniyalari yangilanib, 168ta transformator punktlari ta'mirlandi va yaroqsizlari örniga yangilari örnatilib, 8 992ta xonadonning elektr ta'minoti tiklandi.

Qoraköl tumani böyiça 400ga yaqin yangi temir beton tayançlar örnatildi. Havo liniyalari yangilanib, 148ta transformator punktlari ta'mirlandi va yaroqsizlari örniga yangilari örnatildi. Şu tariqa Qorakölda 11 402ta xonadonning elektr energiyasi ta'minoti tiklandi.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati


















